Bir qarashda kitob yozish – muallifning shaxsiy ishi. Aslida, agar siz kitobni minglab yoki, ishongingiz keladi, millionlab odamlar o‘qishini istasangiz, buning uchun butun boshli mutaxassislar jamoasi kerak bo‘ladi.
Avvalo, rafiqam Roshel, Medisonning qizi va o‘g‘lim Jessga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Qilayotgan ishimni qilishimga imkon berganingiz uchun rahmat. Shuningdek, ota-onam Sem va Saraga, singlim Meri va uning turmush o‘rtog‘i Xarviga cheksiz mehr va qo‘llab-quvvatlashlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bundan tashqari, Geyl Belzili, Mishel Berr, Shelli Uines, Roberta va Roksann Riopel, Donna Foks, A. Keyj, Jeff Feyjin, Kori Kouenberg, Kris Ebbeson va butun Peak Potentials Training jamoasiga mehnatingiz va odamlar hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishga bo‘lgan intilishingiz uchun katta rahmat. Siz tufayli "Peak Potentials" shaxsiy rivojlanish xizmatlarini taklif qiluvchi eng tez rivojlanayotgan kompaniyalardan biriga aylandi.

