Sifatli plastikdan tayyorlangan ushbu mixer uyda sizga ajoyib yordamchi bo'ladi. Qo'lda ushlash uchun qulay va maxsus podstavkaga ega. Havo kirishi va chiqib ketishi uchun maxsus teshiklar mavjud. Boshqa mixerlardan farqli o'laroq 3 xil nasadka va podstavkaga ega. Podstavkada har bir nasadka uchun alohida joy mavjud. Bu pishiriq tayyorlash vaqtida sizga juda qo'l keladi. 5 xil tezlik va turbo rejimga ega. Qanday mahsulot tayyorlashingizga qarab o'zingizga kerakli tezlikni tanlang. Har doim aralashtirish jarayonini past tezlikdan boshlang, keyin tezlikni oshiring, bu chayqalishni kamaytirish nuqtai nazaridan muhimdir. Mahsulot faqat uy sharoitida foydalanish uchun mo'ljallangan, sanoat maqsadlarida foydalanmang.
Texnik tafsilotlari:
Brend nomi: Sonifer
Modeli: SF-7015
Rangi: qora
Material: plastik
Maksimal quvvat: 300 Vt
Voltaj: 220 V




