• Muallif: Dilshod Sultanov
• Muqova: qattiq
• Hajmi: 320 bet
• Til: o‘zbek tili
• Janr: islomiy moliya / iqtisodiyot
Ushbu kitob mikromoliya tashkilotlarida islomiy moliyalashtirish xizmatlarini amaliy jihatdan tushuntirib beruvchi muhim qo‘llanma hisoblanadi. Asarda murobaha, salam, ijara, mushoraka va muzoraba kabi moliyaviy vositalarni zamonaviy iqtisodiyot sharoitida qo‘llash yo‘llari batafsil yoritilgan.
Shuningdek, kitobda nasiya savdo, lizing, sherikchilik asosidagi moliyaviy munosabatlar, monetizatsiya (tavarruq), garov, qarz va vakillik kabi muhim tushunchalar sodda va tushunarli tarzda izohlangan.
Har bir bobdan so‘ng berilgan test savollari orqali o‘quvchi o‘z bilimini mustahkamlashi mumkin. Kitob nafaqat soha mutaxassislari, balki islomiy moliya tizimiga qiziqqan keng kitobxonlar uchun ham foydali manba hisoblanadi.

