Maono PD400X – USB/XLR Dinamik Professional Mikrofon!
Studiya darajasida sifatli va toza ovoz yozishni xohlaysizmi? Maono PD400X – bu podkasterlar, strimerlar, blokerdar va musiqachilar uchun maxsus yaratilgan flagman model.
Asosiy afzalliklari:
- Qo'shaloq ulanish (USB va XLR): Kompyuter yoki noutbukga USB orqali to'g'ridan-to'g'ri ulashingiz yoki XLR orqali professional audio miksher va interfeyslarga ulashingiz mumkin.
- Dinamik kapsula: Xonadagi ortiqcha akustik aks-sado va atrofdagi maishiy shovqinlarni kesib, faqat sizning ovozingizni boy va tabiiy ravishda yozib oladi.
- Maono Link ilovasi: Dastur orqali ekvalayzer (EQ), kompressor, limiter va tayyor ovoz prepsetlarini (Tone) tezda sozlash imkoniyati.
- Aqlli "Smart Touch" paneli: Mikrofondagi "3-in-1" g'ildirakcha va sensorli knopka orqali mikrofon sezgirligi, naushnik balandligi va miksher balansini bir zumda boshqaring.
- Real vaqt monitoringi: 3.5 mm naushnik chiqishi orqali o'z ovozingizni kechikishlarsiz eshitib turing.
- Mustahkam metal korpus: Premium dizayn, zarbalarga chidamlilik va to'plamdagi og'ir og'irlikdagi stend/porolon shamolga qarshi filtr.