📖 «Tinch Don»
«Tinch Don» — don kazaklari hayoti haqida hikoya qiluvchi ulkan epik asar bo‘lib, mamlakat tarixining eng murakkab va burilish davrlaridan biri — qonli Birinchi jahon urushi hamda birodarlar bir-biriga qarshi chiqqan Fuqarolar urushi voqealarini tasvirlaydi. Muallifning ta’kidlashicha, bu davrda «aka ukaga, o‘g‘il otaga qarshi chiqqan».
Asarda o‘sha notinch yillarda insonlar qalbida kechgan iztiroblar, eng yaqin va qadrdon insonlarning qanday qilib qarama-qarshi tomonlarga o‘tib, bir-biriga dushman bo‘lib qolganlari chuqur ochib beriladi.
Voqelikni teran anglash, qahramonlar xarakterlarini hayratlanarli aniqlik bilan tasvirlash jihatidan ushbu asarga teng keladigan asarlar juda kam uchraydi. Bu kitob bugungi kungacha ham kitobxonlar va adabiyotshunoslar orasida muhokama qilinib kelmoqda.
Yumshoq muqova
Qog‘oz rangi: eko
Sahifalar soni: 878
Kitob rus tilida
Bonus sifatida zakladka mavjud.

