• Model: Microlab B-22 RGB
• Turi: Kompyuter kolonkalari (2.0)
• Quvvat: 6W (3W × 2)
• Ulanish: USB (quvvat) + AUX
• Chastota: 120Hz – 20kHz
• Signal/shovqin: ~65 dB
• Material: Akustik plastik
• Yoritish: RGB
• Boshqaruv: Ovozni sozlash (old panel)
• Moslik: PC / Laptop / boshqa qurilmalar
Microlab B-22 RGB — kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan ixcham kompyuter kolonkalari bo‘lib, noutbuk yoki ПК bilan mukammal ishlaydi. USB orqali quvvat oladi, shuning uchun alohida rozetka talab qilmaydi.
2.0 stereo tizimi va 6W umumiy quvvat tufayli musiqa, film va o‘yinlarda yetarli darajada toza va baland ovoz beradi.
RGB yoritish kolonkalarga zamonaviy ko‘rinish beradi va ish stolingizni bezatadi. Old panelda ovoz balandligini boshqarish mavjud bo‘lib, foydalanishni yanada qulay qiladi.
Korpus akustik plastikdan tayyorlangan bo‘lib, ichki rezonansni kamaytiradi va tovush sifatini yaxshilaydi.

