Biolchim Microfol Combi — o‘simliklarni zarur mikroelementlar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan kompleks mineral o‘g‘it. Tarkibida azot, magniy, bor, temir, marganets, rux, molibden va mis mavjud. Temir, marganets, rux va mis EDTA xelat shaklida bo‘lib, o‘simliklar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Mahsulot mikroelementlar yetishmovchiligining oldini olish va uni to‘ldirish, o‘simliklarning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi. Pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, baqlajon, poliz ekinlari, uzum, rezavor va mevali ekinlar, ko‘chatlar, gullar hamda dekorativ o‘simliklar uchun qo‘llash mumkin.

Barg orqali purkash hamda sug‘orish orqali ildizdan oziqlantirish usulida qo‘llanadi. Qadoqdagi ko‘rsatmaga muvofiq tavsiya etilgan me’yor — 10 litr suvga 5–10 g.
Magniy oksid (MgO) - 9%
Bor (B) - 0.5%
Mis (Cu) - EDTA xelat shaklida - 1.5%
Temir (Fe) EDTA xelat shaklida - 4%
Mangan (Mn) - EDTA xelat shaklida - 4%
Molibden (Mo) - 0.1%
Rux (Zn) EDTA xelat shaklida - 1.5%
pH (1% qorishma ) - 3.9 ± 0.5

