Norveg yozuvchisi, Nobel mukofoti sovrindori Knut Hamsunning
"Mezon yulduzi ostida" qissasi ilk bor 1906-yilda nashr etilgan. Bosh
qahramon Pedersen shahar shovqinidan qochib, sokin orolda qo'nim
topadi. Biroq qalbi mudom qishloq hayotiga oshufta va shu bois sar-
son-sargardon hayotni tanlaydi. Tasodifiy tanishlarga qo'shilib, fermer
xo'jaliklaridan ish izlaydi, bor imkoniyatlarini safarbar etib, odamlar
hayotiga yangiliklar olib kiradi. Qiynalganlarga yordam beradi, ado-
latni tiklashga intiladi. Hamsunning boshqa kitoblarida bo'lgani kabi
qahramon doimo oshiq va bu sevgi munosabatlari hamishagidek mu-
vaffaqiyatsiz yakun topadi.
Ushbu kitobda "Mezon yulduzi ostida" qissasi hamda muallifning
o'ziga xos yo'nalishda yozilgan bir nechta hikoyalari jamlangan.

