Razer Huntsman Mini Mercury Edition — Kichik o'lcham, cheksiz tezlik! Minimalizmni xush ko'ruvchilar va professional geymerlar uchun maxsus yaratilgan. Mercury seriyasi o'zining oppoq va nafis dizayni bilan har qanday "setup"ga estetik go'zallik bag'ishlaydi.
Asosiy afzalliklari:
- Razer™ Optik Switchlar: An'anaviy mexanikadan tezroq. Bosish yorug'lik nuri orqali amalga oshiriladi, bu esa 0.2 ms javob qaytarish tezligini ta'minlaydi.
- 60% Form-faktor: Funktsional (F1-F12) va strelka tugmalari olib tashlangan, lekin ularning barchasi "Fn" orqali ishlaydi. Bu sichqonchaning keng harakatlanishi uchun juda muhim.
- Double-shot PBT Keykaplar: Tugmalar ustidagi yozuvlar hech qachon o'chib ketmaydi va plastik yuzasi yaltirab qolmaydi.
- Olinuvchi Type-C kabel: Klaviaturani tashish juda oson, kabeli esa mustahkam va sifatli.
- Alyuminiy korpus: Yuqori sifatli alyuminiy qoplama klaviaturaga mustahkamlik va og'irlik beradi.
- Razer Chroma™ RGB: Har bir tugmani alohida rangga sozlang va o'yin jarayoniga moslashuvchi effektlardan zavqlaning.