Razer BlackWidow V4 75% — Maxsus klaviatura san’ati endi Razer talqinida! Bu shunchaki klaviatura emas, balki kustomizatsiya ixlosmandlari uchun yaratilgan durdonadir. Razer o‘zining ko‘p yillik tajribasini "Custom Keyboard" olami bilan birlashtirdi.
Asosiy afzalliklari:
- Hot-Swap imkoniyati: Razer tarixida ilk bor! 3-pin va 5-pinli istalgan mexanik kalitlarni hech qanday payka (kavsharlash)siz o‘zingiz oson almashtira olasiz.
- Gasket Mount & Shovqin Izolyatsiyasi: Ichki plata maxsus yumshoq qatlamlarga o‘rnatilgan. Ikki qavatli shovqin yutuvchi ko‘pik va FR4 platasi yozish paytida o‘ta tiniq va "shirin" ovoz beradi.
- 8000Hz HyperPolling: Oddiy klaviaturalardan 8 baravar tezroq javob qaytaradi. Bu kiber-sportda soniyaning mingdan bir bo‘lagida g‘alaba qozonish degani.
- Razer Orange Tactile Switchlar: Zavodda mukammal moylangan 3-avlod Orange switchlari yumshoq va aniq taktil aloqani ta’minlaydi.
- Ko'p funksiyali g'ildirak (Roller): Ovoz balandligi, yorug'lik va boshqa media sozlamalarini boshqarish uchun juda qulay mexanizm.
- Premium Dizayn: Ikki tomonlama yon yoritish (underglow) va magnitli yumshoq charm kaft qo'ygichi.