Rang: Ametist
AfzalliklariAJAZZ AK650 Three Mode klaviaturani sotib oldim, xariddan juda mamnunman. Klaviatura sifati birinchi ushlashdayoq seziladi - korpusi mustahkam, tugmalari yoqimli bosiladi va ovozi ham juda chiroyli. 🔥
Simli, 2.4G simsiz va Bluetooth orqali ulanishi juda qulay, qurilmalar orasida foydalanish oson. RGB yoritilishi chiroyli, kompakt dizayni esa stolda kam joy egallaydi. 5000 mAh batareyasi ham katta plus. Keycaplari va umumiy yig‘ilish sifati narxiga yarasha juda yaxshi.
Avvaliga ekrani tirnalgan ekan deb biroz xavotirlandim, keyin qarasam, ekranning ustida himoya plyonkasi bor ekan. Plyonkani yechgandan keyin ekran mutlaqo toza va yangi holatda chiqdi. Shuning uchun bunga xavotir olmasdan sotib olsangiz bo‘ladi. 👍
Tovar qadoqlanishi ham yaxshi holatda yetib keldi. Sotuvchiga alohida rahmat - tavsifdagi mahsulotning o‘zi keldi, hammasi joyida. AJAZZ AK650 izlayotganlarga bemalol tavsiya qilaman. ⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
KamchiliklariYoq
IzohHammaga tavsiya qilaman
Sotuvchining javobi
Batafsil va samimiy sharhingiz uchun katta rahmat! 😊 AJAZZ AK650 sizga yoqqanidan juda xursandmiz. Klaviaturaning sifati, ovozi, RGB yoritilishi va boshqa imkoniyatlarini alohida ta’kidlaganingiz biz uchun juda qadrlidir. 📸 Rasmlar bilan fikringizni ulashganingiz uchun ham alohida rahmat. Klaviaturadan uzoq vaqt mamnuniyat bilan foydalanishingizni tilaymiz! 🎮⌨️✨