"Metro 2035" - mashhur trilogiyaning yakuni. Ushbu romanda avvalgi kitoblarning syujet yo‘nalishlari birlashadi. Biz o‘z ona bekatida yashaydigan va har kuni yer yuzasiga chiqib, metro tashqarisidagi omon qolganlardan signal qabul qilish umidida yuradigan qahramon Artemga qaytamiz. Uni aqldan ozgan deb hisoblashadi, ammo u dalil topishga ruju qo‘ygan.

