Dunyodagi eng zo‘r sotuvchi Jordan Belfort o‘z strategiyasini ochiqlaydi va unga hamda mijozlariga katta boylik keltirgan tizimni o‘zlashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma beradi.
Belfort sizga qanday qilib mahoratli sotuvchi, muzokarachilik ustasi, bitimlar tuzish mutaxassisi, tadbirkor va notiq bo‘lishni o‘rgatadi. Uning sotuv tizimi shunchalik oddiy va samaraliki, uni o‘zlashtirgan har bir kishi bir necha kun ichida muvaffaqiyatga erishishi mumkin.
Jordan Belfort — Martin Skorsezening mashhur filmida Leonardo Di Kaprio ijro etgan o‘sha "Uoll-strit qoplonidir". Film Belfortning 18 tilga tarjima qilingan, 40 dan ortiq mamlakatda nashr etilgan va jahon bestselleriga aylangan ikki avtobiografiyasi asosida suratga olingan. Filmdan so‘ng, Belfort butun dunyo bo‘ylab o‘z tizimi bo‘yicha konsultasiya va o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi. U 50 dan ortiq yirik kompaniyalarga maslahat bergan hamda The New York Times, Forbes, BusinessWeek kabi dunyoning nufuzli nashrlarida maqolalar e’lon qilgan.
"Ushbu kitob muallifi — xarizmatik shaxs. Bu kitob sotish san’ati haqida. Hech bo‘lmaganda, Belfort o‘z falsafasini juda yuqori narxda sota oldi."
— Nikolay Uskov, Forbes bosh muharriri

