• Рsixologiya
• Рsixogenetika
Bugungi kunda oila va jamiyat chambarchasligi, inson ongining shakllanishi, tafakkur qilish orqali ilmiy va ruhiy maʼnaviyatning yuqori pogʼonalarga chiqishi tarbiyaviy ahamiyat kasb qiladi. Inson tashqi omillarga eʼtiborni kuchaytirishi natijasida kuplab qoʼshtirnoq ichidagi «muammo»lar girdobiga tushaetganini xis qiladi. Bir soʼz bilan aytganda, qashshoqlik, turli kasalliklar, baxtsizlik, kaygʼu va umidsizlik kabi xislatlar taʼqib etayotgandek buladi.
Biroq muxabbat ichra yaralgan insondek mukammal zot oʼz-oʼzini oʼrganish, ruhiy sayohat va tafakkurni tashqi omillarga emas, balki ichki olamiga qaratishni boshlasa, uning hayot yoʼli soʼqmoqlarida gʼaroyib, oʼzining xayoliga kelmagan oʼzgarishlarga guvoh boʼlishi muqarrar.
«Oʼzlikni anglash sanʼati» kitobi nashrga tayyorlanishidan koʼzlangan maqsad, insonlarni oila atalmish xayo yoʼllarida his qilayotgan turli vaziyatlarning asl mohiyatini koʼra olishga oʼrgatish, psixogenetik kashfiyotlar natijalari bilan boʼlishish, inson irsiyatidagi tushunarsiz mexanizmlar ortidan vaziyatlarning kelib chiqishi, soniyada ushbu omil sabablarini anglash orqali yuqori natijalarga erishish uslublari aniq misollar bilan keltirilgan.
Shuningdek, mazkur nashr oiladagi taʼlim-tarbiyaning ahamiyati, gender tenglik, ota-onalar oʼrtasidagi munosabatlar, farzand tarbiyasi, oila va jamiyatning anʼanaviy tuzilmasini qayta shakllantirish xaqidagi mavzularni qamrab olgan. Ushbu kitob xar bir kitobsevarning hamroxiga aylanish bilan birga, uning hayotida katta oʼzgarishlarga sabab boʼladi.

