Harvard millionerga aylangan bitiruvchilar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Ushbu universitetni AQShning sakkiz nafar prezidenti va 160 nafar Nobel mukofoti sovrindori tamomlagan. Unga kirish juda qiyin, Harvard diplomini qo‘lga kiritish esa muvaffaqiyatli hayot sari yutuqli chiptani yutib olishga tengdir. Xo‘sh, ushbu mashhur ta’lim dargohining siri nimada va uni boshqalardan nima ajratib turadi?
Hayotini Harvard fenomenini o‘rganishga bag‘ishlagan Vey Syuyin (Wei Xiuying) ushbu va boshqa savollarga javob beradi. Muallifning fikricha, Harvardning eng diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri shundaki, u deyarli hech qachon uxlamaydi.

