• Qurilma barcha avloddagi GBO tizimlari bilan mos ishlaydi. Mustahkam korpus va sifatli materiallardan tayyorlangan bo‘lib, uzoq muddat xizmat qiladi.
• Raqamli metan gaz bosim o‘lchagichi — avtomobildagi metan gaz bosimini nazorat qilish uchun zamonaviy va ishonchli qurilma. Yuqori aniqlikdagi sensor va qulay displey yordamida gaz bosimini tez va oson kuzatish mumkin.
CNG Gauge bosim sensori — avtomobil salonida foydalanish uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli qurilma. U gaz-ballon uskunasi (GBO) tizimidagi gaz bosimini aniq o‘lchaydi va tizim ishlashini nazorat qilish imkonini beradi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olishga yordam beradi.
Sensorning asosiy xususiyatlaridan biri — uning raqamli displeyga ega ekanligidir. Bu uni foydalanishda juda qulay qiladi va sizga avtomobil salonidan chiqmasdan turib gaz ballonidagi qoldiq gaz miqdorini aniq kuzatib borish imkonini beradi.
Sensorning Yana bir eng muhim afzallaridan biri, gaz balonidagi bosim LED chiroqlar orqali emas, balki aniq raqamlar orqali ko‘rsatiladi. Bu esa qurilmaning qulayligi va aniqligini sezilarli darajada oshiradi.
Mazkur sensor barcha avloddagi GBO tizimlari uchun mos keladi. Shu sababli u METAN gaz-ballon uskunasidan foydalanadigan deyarli barcha avtomobillar uchun universal yechim hisoblanadi.
CNG Gauge brendi avtomobil aksessuarlari bozorida o‘zini ishonchli ishlab chiqaruvchi sifatida ko‘rsatgan. Mahsulotlari yuqori sifat va mustahkamlik bilan ajralib turadi, bu esa ko‘plab foydalanuvchilarning ijobiy fikrlari bilan o'z isbotini topgan.
CNG bosim sensori suyultirilgan gaz tizimini kuzatish uchun ishonchli va qulay yechimdir. Bu turdagi raqamli bosim o'lchagich yuqori aniqlikni qadrlaydiganlar uchun ideal yechim.

