Ushbu kitobda metallurgiya tarixi, turli metallarning kashf etilishi va qo‘llanilishi, mashhur metallurglar haqidagi qiziqarli faktlar, voqealar, afsonalar, foydali ma’lumotlar, turfa hangomalar, ajoyib novellalar jamlangan.
Muallif metallar olish sohasidagi zamonaviy texnika va texnologiya yutuqlariga hamda yangiliklariga, kelajak metallurgiyasi borasidagi o‘ziga xos g‘oyalar va loyihalarga katta e’tibor bergan.
O‘qituvchilar, talabalar, maktab va litsiy o‘quvchilari, soha mutaxassislari va metallarga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

