Ushbu mahsulotimiz ofislar, arxiv xonalari, ta’lim muassasalari, sport majmualari, ishlab chiqarish tashkilotlari va shaxsiy buyumlarni xavfsiz saqlash talab etiladigan barcha joylar uchun mo‘ljallangan. 2, 4 va 6 bo‘lmali metall lokker-shkaflar xodimlarning shaxsiy buyumlari, hujjatlar, muhim qog‘ozlar va qimmatli ashyolarni tartibli hamda xavfsiz saqlash uchun qulay yechim hisoblanadi.
Shkafning ixcham va zamonaviy tuzilishi (kulrang va oq ranglar uyg‘unligi) har qanday interyerga mos tushadi va ofis maydonidan unumli foydalanishga yordam beradi. Har bir yacheyka (bo‘lim) alohida mustahkam qulf bilan jihozlangan bo‘lib, shaxsiy daxlsizlikni ta’minlaydi. Barcha qismlari yuqori sifatli metalldan ishlab chiqarilgan va tashqi ta’sirlarga chidamli polimer-kukunli bo‘yoq bilan qoplangan. Shkaf ostidagi maxsus mustahkam oyoqchalari esa uni pol yuzasidan baland ko‘tarib, tozalash ishlarini osonlashtiradi va namlikdan himoya qiladi.

