Ushbu mahsulotimiz ofislar, arxiv xonalari, ta’lim muassasalari, tashkilotlar va hujjatlar bilan ishlanadigan joylar uchun mo‘ljallangan. 2, 3 va 4 seksiyali fayl-bokslar hujjatlar, kartotekalar, faylli papkalar va boshqa ish qog‘ozlarini tartibli saqlash uchun qulay yechim hisoblanadi. Fayl-boksning ixcham tuzilishi ofis maydonidan unumli foydalanishga yordam beradi. Har bir bo‘lim hujjatlarni alohida joylashtirish va tez topish imkonini beradi. Barcha qismlari metalldan ishlab chiqarilgan bo‘lib, sifatli bo‘yoq bilan qoplangan. Yashiklar teleskopik yo‘naltirgichlar orqali to‘liq chuqurlikkacha oson ochilib-yopiladi.

