Metall soyabon avtomobil turargohi, xususiy uy hovlisi, dala hovli, ofis va tijorat obyektlari uchun ideal yechim hisoblanadi. Konstruksiya yuqori sifatli metall profil quvurlardan tayyorlangan bo‘lib, uzoq muddat xizmat qilishga mo‘ljallangan.
Arkasimon shakli yomg‘ir va qor suvining tez oqib tushishini ta'minlaydi hamda zamonaviy ko‘rinish beradi.
Tom qismi 0,4 mm qalinlikdagi profnastil bilan qoplangan bo‘lib, atmosfera ta'siriga chidamli.
Yig‘ma-ajralma konstruksiya mahsulotni bir necha marotaba yig‘ish va qayta o‘rnatish imkonini beradi.

