Aliya Nazarboyeva Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidentining kenja qizi. U nafaqat "oltin saroy malikasi," balki jamoat arbobi, ijtimoiy ahamiyatga ega va xayriya loyihalari asoschisi, badiiy va hujjatli filmlar prodyuseri, to‘rt farzandning onasi sifatida ham tanilgan.
Aliya Nazarboyevaning barcha loyihalarini ona zaminga, o‘z vatandoshlariga bo‘lgan muhabbat, bu hayotni bizdan keyin qoladiganlar uchun yaxshilash istagi birlashtiradi.
Kitobda muallif qalbning shakllanish yo‘lida turli davrlarda boshdan kechirganlari haqida ochiqchasiga hikoya qiladi: oshiqlik, umidsizlik, sinovlar, xatolar, anglashlar, g‘alabalar...
Ba’zilar uchun uning birinchi kitobi harakatga undovchi turtki bo‘lsa, boshqalar uchun uzoq kutilgan meditatsiya va o‘zini eshitish imkoniyati bo‘ladi, chunki har bir inson o‘zi kuch, ilhom va o‘zgarish manbai bo‘lishi mumkin!

