„Meros. Erk. Qadrim“ — o‘zbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub qissalar to‘plami. 1975 yil Toshkent shahrida G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida chop etilgan. To‘plamga Qodirovning „Meros“, „Erk“, „Qadrim“ qissalari kiritilgan. „Qadrim“ qissasi 1961 yil, „Erk“ qissasi 1968 yil, „Meros“ qissasi esa 1974 yilda yozilgan. „Qadrim“, „Erk“, „Meros“ qissalarida inson shaxsiga ehtirom, erk, o‘zlik, qadriyat muammolari yoritilgan. Har bir qissaning markazida, asosan, inson turadi. Qissalarda insonni o‘yga, hayajonga solgan muammolar yoritilgan. Yozuvchi hayotga endi kirib kelayotgan yigit obrazi orqali boshqalarni qaramlikka qarshi kurashishga, qadr-qimmat, o‘zlik, g‘ururni himoya qilishga hamda mustaqillik uchun kurashishga chaqirgan. Qissalar haqida asar yozilganidan keyin yigirma yil o‘tib yozuvchining o‘zi shunday degan: „Totalitar imperiya bizni qaram ahvolga solib, qadr-qimmatimizni yerga urishini ich-ichimizdan sezib, ruhan behad qiynalardik

