«Frankenshteyn» dunyoga mashhur hamda mohiyati nihoyatda teran klassik durdona asardir. Yozilganiga ikki asrdan oshgan bo’lsa ham kitobxonlar tomonidan sevib o’qilmoqda. Asarda falsafiy, ilmiy, ma’rifiy, axloqiy tushunchalar va murakkab personajlar orqali inson tabiatining sir-sinoatlari yoritiladi. Yetarlicha o’ylanmay amalga oshirilgan ishning yomon oqibatlari, hissiyotga berilib ketib, aqliy salohiyatni chetga surishning salbiy natijalari, ilm-fan o’z chegarasidan chiqib ketganida qanday falokatlar olib kelishi mumkinligi haqida gap ketadi.
Kitobxon asardan mas’uliyat tushunchasini kengroq anglay boshlaydi. Oila va yaqinlarga bo’lgan muhabbatning kuchini teran his qiladi. Insonlar foydasi uchun o’z baxtini qurbon qilishdek yuksak fazilat haqida fikr yuritadi.

