Nashriyot: Zabarjadmedia
Tarjimon: Sultonposhsha Sotiboldiyeva
Sahifa: 176 bet
Muqova: Yumshoq
Pamela Treversning "Meri Poppins" asarida bolalarni sarguzashtlarga boy sayohat sari yetaklagan enaga haqida hikoya qilinadi. Meri Poppins oddiy enaga emas, balki quloqsiz bolalarga "dars" berib qo'yish maqsadida koinotdan kelgan sehrgarga o'xshaydi. Benkslar xonadonining zumrashalarini tarbiyalash bilan bir qatorda ular qalbida yuksak insoniy tuyg'ularning paydo bo'lishiga sababchi bo'lgan enagani yana kim deb atash mumkin?
Ezgulik va mehr-oqibat tarannum etilgan ushbu asar mutolaasiga hoziroq kirishing hamda Meri Poppinsning sarguzashtlariga guvoh bo'ling.

