• Til: o‘zbek tilida
• Format: 60*84 1/8 (A4)
• Muallif: A. Juravlyova
• Sahifalar soni: 72
• Muqova: yumshoq, oq qog'oz
MENTAL ARIFMETIKA NIMA?
Mental arifmetika – intellektni uyg‘un rivojlantirishning uslubi bo‘lib, hisoblashning osiyo texnologiyasi asosida turli sanoq predmetlari – abakusdan foydalaniladi. Mental arifmetika mashg‘ulotlari dasturi o‘z ichiga abakusda barmoqlar bilan mexanik mashqlar qilish, xayolda hisoblash, diqqatni jamlash, e’tibor, mantiqni oladi. U tafakkur tezligini va ijodiy layoqatni kuchaytiradi. Mental arifmetika bolalarga ham, kattalarga ham mos keladi.
MENTAL ARIFMETIKANING BOLALAR UCHUN FOYDASI
Mental arifmetika ijodiy qobiliyatni rivojlantiradi. Maktabda fanlar ko‘proq chap miya yarim sharini rivojlantirishga mo‘ljallangan, o‘ng miya yarim sharini rivojlantirish deyarli istisno qilinadi. Aslida, o‘ng miya yarim shari ijodiy potensialni ro‘yobga chiqarishga mas’uldir. Mental arifmetika mashg‘ulotlari tufayli bolaning miyasi uyg‘un rivojlanish dasturiga sozlanadi – chap miya yarim shari tahlil qiladi, o‘ng miya yarim shari vizual-makon layoqatlarida ishlab, butun intellektning tez rivojlanishiga imkon yaratadi.

