Fransuz temurshunoslari yozgan asarlar qatoriga professor
Marsel Brionning kitoblari alohida o‘rin tutadi. Jumla-
dan, uning siz, aziz kitobxonlarga taqdim etilayotgan kitobi
- Amir Temur to‘g‘risida yozilgan asarlar orasida mukammal-
ligi bilan ajralib turadi. Mazkur kitob Sohibqironning
dunyoga kelishidan to vafotiga qadar bo‘lgan davrni qamrab
olib, voqealar Amir Temur nomidan hikoya qilinadi.
Ushbu asarning dovrug‘i, dunyoga yoyilishining boisi,
Jahongir bobomiz shaxsi, uning hayoti, faoliyati, siyosiy va
harbiy sohalarda tutgan yo‘liga oid boy, xilma-xil maʼlu-
motlarni ham o‘z ichiga olganidir. Zero, bunday mufassal
maʼlumotlar Amir Temur tarixidan so‘zlovchi boshqa nasriy
manbalarda kam uchraydi. Muallif asarni o‘zgacha ishtiyoq va
kunt bilan sodda uslubda yozganiga amin bo‘lasiz.

