• Kitob nomi: Mening faslim
• Muallif: Halima Jumaniyozova
• Janr: She’riyat / Lirika
• Til: O‘zbek
• Muqova: Yumshoq
Halima Avazmuhammad Jumaniyozovaning she’rlari o‘ziga o‘xshaydi. Goh toshqin, goh mahzun. Lekin har ikki jihatini taroziga solib ko‘rsak, nekbin tuyg‘ular g‘olib keladi. Shoiraning lirik «men»i goh o‘g‘loniga Jaloliddin Manguberdi jasoratini tilagan mardona ona, goh loyqa Jayxun to‘lqinlarini sog‘ingan musofir, goh esa muhabbat faslini kuzatib, vido aytayotgan ma’shuqa qiyofasida suratlanadi. So‘zlari sodda, tuyg‘ulari bezaksiz, tabiiy bo‘lgani uchun o‘quvchini darrov ergashtirib ketadi. Halima ko‘p kitoblar chop ettirdi. Lekin shoira uchun har bir asar kitobxon bilan bir diydorlashuvdir.
Qo‘lingizdagi kitob ham yangi diydor, qalban yuzma-yuz bo‘lish hisoblanadi. Bunday diydorning lazzati o‘zgacha bo‘ladi. Muborak va bardavom bo‘lsin!

