Ha, o’z “markaz”ida tura olgan, o’zgalarning hayotiga bosh suqavermaydigan, murosasoz, moslashuvchan hamda vazmin insonning ko’ngli jarohat olishi, ozorlanishi, yaralanishi mumkin emas. Ha, inson ozorlanmaslik uchun naqadar kuchli, chidamli va sobitqadam qiyofaga kirishga urinar ekan, yana ko’proq azob chekadi. Himoya qalqonlari bunday vaziyatlarda insonga naf bermaydi, aksincha zarar beradi.
Haqiqiy kuch-quvvatni tashqaridan emas, balki o’z “markaz” ingizdagi moslashuvchanlik va murosasozlikdan olishingiz mumkin. Xosh. “markaz” qayerda o’zi?
Ushbu kitob asliyatini, o’zligini izlayotgan insonlar uchun yozilmadi, “markaz”ini yo’qotib qo’ygan insonlar uchun yozildi.
Tashqaridan izlamoq uchun emas, balki o’z qalbidan topmoq uchun qalamga olindi. Ha, inson zoti o’z “markaz”ini tashqaridan topa olmaydi, chunki “markaz” ichkaridadir, uni topishga qaror qilganingizda yangidan kashf qilasiz.
O’z “markaz”ida bo’la olishni bilgan inson uchun falokat, g’am-tashvish, tushkunlik, ishonchsizlik, biror nuqson va qo'rquv aslo yo'qdir.

