Kitob insonni hayot, taqdir, intilish, sog‘inch, visol, vatan, o‘lim va tug‘ilish haqida mushohada qilishga chorlaydi. Muallif ota-ona, umr yo‘ldosh, farzand va do‘stlarni chin dildan sevish, Yaratganning ne’matlarini qadrlash va eng avvalo o‘zini sevish haqida samimiy fikr yuritadi. Asar hayot sinovlari, qalbdagi dardlar va insonning ichki kechinmalari haqida o‘quvchi bilan samimiy suhbat tarzida yozilgan.

