Mening vasiyatim shu...
Agar pulim bor bo'lsa, hammasini xayriya qiling. Agar
pulim bor bo'lsa, hammasini xayriya qiling. Vujudimda foydali
gancha a'zo bo'lsa, kimga kerak bo'sa, ularga bering.
Lekin yuragimni bermang. Mening qalbim faqat unga
tegishli va shunday bo'lib qoladi. Men undan boshqa hech
kimni sevmayman, sevolmayman. Chunki hech kim menga u
qaragandek qaray olmaydi.
Doim xayolan sendan: "Meni nega sevmading?" - deb
so'rardim. To'xtovsiz, uzluksiz so'radim. Lekin javob topa
olmadim. Mayli, parvo qilma! Har holda, men sevdim-ku, bu
sevgim ikkalamizga ham yetardi.
-
"Bu vujudda yurak faqat unga tegishli", deyapman...
Garchi u meni sevmagan bo'lsa ham, vujudimdagi yurak uniki.
Uni boshqa hech kimga bermang.
Sizningcha, xudbinmanmi, xudbinlik qilyapmanmi?
Agar mendan so'rasangiz, u yuragimga egalik qilishga
munosib. Hech kim buni menga ko'p ko'rmasin.Umrida hech
kimni seva olmagan odamning so'nggi istagi shu.
Yuragimni unga bering. Qabul qilsin. "Xo'sh, men
shunga loyiqmanmi?" Bilmayman. Balki, loyiq emasdirman...

