Nashriyot: "Spectrum media group" Toshkent 2026 yil
Tuzuvchi: Ilxom Xamrakulov, Abror Amakijonov, Abdulaziz Abdumalikov
Sahifalar soni: 464
Muqova: yumshoq
Til: o'zbek tilida
Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Ushbu testlar to‘plami oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyentlar, maktab o‘qituvchilari hamda milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotgan talabgorlar uchun mo‘ljallangan.
To‘plamning asosiy afzalliklari:
– testlar umumiy kimyoning barcha mavzularini qamrab olgan;
– savollar eng sodda tushunchalardan boshlab murakkab tushunchalargacha izchil ketma-ketlikda tuzilgan;
– mazmunan o‘xshash savollar kichik mavzuchalarga jamlangan;
– mavzular mantiqiy va uzviy ketma-ketlik asosida joylashtirilgan;
– testlar o‘xshash tipdagi savollardan tashkil topgan bo‘lib, har bir tip odatda 4–5 ta savolni o‘z ichiga oladi. Ularning birinchisini ustoz yordamida tahlil qilish, qolganlarini esa o‘quvchining mustaqil ishlashi ko‘zda tutilgan;
– kimyo fanini endigina o‘rganishni boshlagan yoki fan bo‘yicha bilimlari yetarli darajada shakllanmagan talabgorlar uchun qulay o‘quv qo‘llanma hisoblanadi;
– har bir mavzu bo‘yicha testlar soni yetarli bo‘lib, dars jarayoni va uy vazifalarida samarali foydalanish imkonini beradi;
– UMUMIY KIMYO [LEVEL 1], UMUMIY KIMYO [LEVEL 2], ORGANIK KIMYO [LEVEL 1] hamda ORGANIK KIMYO [LEVEL 2] test to‘plamlarini mukammal tugatgan talabgor UZBMB testlari hamda milliy sertifikat imtihonida yuqori natijalarni qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ladi.

