Nashriyot: "Spectrum media group" Toshkent 2026 yil
Tuzuvchi: Ilxom Xamrakulov, Abror Amakijonov, Abdulaziz Abdumalikov
Sahifalar soni: 416
Muqova: yumshoq
Til: o'zbek tilida
Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Ushbu testlar to‘plami oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyentlar, maktab o‘qituvchilari hamda milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotgan talabgorlar uchun mo‘ljallangan.
To‘plamning asosiy afzalliklari:
– to‘plamdagi testlar qiyinlik darajasiga ko‘ra I BO‘LIM va II BO‘LIM ga ajratilgan;
– I BO‘LIM da har bir mavzu bo‘yicha organik birikmalar uchun dastlabki tushunchalarga oid (umumiy formulasiga oid qiymatlar, nomlanishi, gidridlanishi, oksidlanish darajasi, izomeriyasi) testlar berilgan;
– II BO‘LIM da esa olinishi va kimyoviy xossalariga oid testlar keltirilgan;
– organik kimyoning barcha mavularini qamrab oladi;
– oson darajadagi savollardan iborat bo‘lib, fan asoslarini endi o‘rganayotgan hamda mavzularni takrorlayotgan o‘quvchilar uchun foydalidir;
– har bir mavzuda arifmetik mazmundagi savollar berilgan bo‘lib, bu o‘quvchilarda tenglama tuzish ko‘nikmasini shakllantiradi;
– testlar o‘xshash tipdagi (4–5 ta) topshiriqlardan tashkil topgan bo‘lib, birinchi misol ustoz tomonidan tushuntiriladi, qolganlari esa mustaqil bajariladi;
– har bir mavzu bo‘yicha testlar soni yetarli bo‘lib, dars jarayoni va uy vazifalarida samarali foydalanish imkonini beradi.

