"Men Robiya..." romani tasavvuf tarixdagi o'chmas siymolardan biri, ma'naviyat va sabr timsoli bo'lgan Robiyatul Adaviya hayoti hamda uning Yaratganga bo'lgan cheksiz, pokiza muhabbati haqida hikoya qiladi. Turkiyalik adiba Sa'diya Erol Aykach qalamiga mansub ushbu asar o'quvchini chuqur mushohada qilishga, qalbdagi haqiqiy sevgini anglashga va ruhiy xotirjamlik topishga chorlaydi. Asar voqealari boy ruhiy kechinmalar hamda ta'sirli va ibratli lavhalarga to'la.
Nima uchun ushbu kitobni o‘qish kerak?
Asosiy xususiyatlari:
• 219 bet
• Muallif: Sa'diya Erol Aykach
"Robbim, mendan rozi bo‘lsang bas, butun dunyo menga jahl qilsa ham, mendan yuz o‘girsa ham, ahamiyati yo‘q.
Sen bilan o‘rtamizdagi har narsa ma’mur bo‘lgach, olam bilan o‘rtamdagi hamma narsa xaroba bo‘lsa-da, farqi yo‘q.
Qo‘qqisdan quyosh botsa, oy qulab tushsa, yulduzlar bir-bir to‘kilsa, qorong‘ulik barcha shakl-shamoyillarni yo‘qqa chiqarsa va olam o‘zini yo‘qotsa-da, abadiy sevgilim qalbimda oshkordir.
Ko‘ngil o‘ynam mutlaq go‘zalligingni aniq-tiniq ko‘rsatadi."
Sa’diya Erolning "Men Robiya" asari qalbning chuqur hissiy kechinmalari, o‘zligini anglash va Robbisiga bo‘lgan beqiyos muhabbatni yorituvchi badiiy asardir. Kitob har bir sahifada o‘quvchini qalb va ruh olamini kashf qilishga chorlab, sevgi va ma’naviy yaqinlik haqida o‘ylashga undaydi.
Bu asarni o‘qish har bir o‘quvchi uchun ma’naviy boylik va ruhiy ilhom manbai bo‘ladi.


