Allohning irodasi bilan g‘ayb olamidan shahodat olamiga ketmoqdadir. Yaratish, yaratilish doimiydir. Oqqan suv kelgan suv emas va olamda hamma narsa shunaqa. Uchi yonib turgan tayoqni aylantirganimizda ko‘zimizga otashli chiziq ko‘rinadi, aslida esa tayoq har lahza o‘z o‘rnini o‘zgartirmoqda.
Biz olamni o‘zgarmaydi deb o‘ylaymiz, haqiqatda esa olam har lahza yo‘q bo‘lib, keyin esa yana paydo bo‘lmoqda. Buni idrok qila olgan inson doimo lahzaning ichidadir va shu lahzaga moslashmoqda.

