Ushbu to'plamda jahon adabiyotidagi buyuk
yozuvchilarning eng sara esselaridan namunalar jamlangan
bo'lib, bundagi har bir ijodkor o'zining noyob ovozi va
o'ziga xos dunyoqarashi bilan o'zbek o'qirmanlariga ham
bag'oyat yaqindir.
Norvegiyalik Hamsundan tortib, kolumbiyalik Markes,
xitoylik Mo Yan hamda Onado'li adibi O'rxon
Pomuqqacha, umuman, har biri inson ruhining, hayotning
-
adabiyotning eng nozik va ovloq makonlarini ochib
berishga harakat qilgan. Albatta, zamonasining ijtimoiy va
siyosiy muammolariga javob berish uchun adabiyotning
qudratini ishga solgan Tomas Mann, Soljenitsin, Zamyatin
kabi yozuvchilarni ham ta'kidlash lozim.
Jahon adabiyotining ulug' namoyandalari bilan tanishish,
insoniyatning eng murakkab va go'zal tomonlarini
tushunishga xizmat qiladi. Ushbu esselar mutolaasi, nafaqat
adabiyotga bo'lgan mehringizni kuchaytiradi, balki
o'zingizni kashf qilish, insoniyatning o'tmishdagi izlarini
topish va kelajakka qarab fikr yuritish imkoniyatini yaratadi.

