Orzularimga eltadigan yo'l bormi? Men sivaraklik Maryamman. Umrimda birinchi marta xat yozyapman... Katta orzular bilan yozgan bu maktubim sizga yetib boradimi yoki yo'qmi, bilmayman. Agar bu maktubni o'qiyotgan bo'lsangiz, demak, men buni uddalabman. Shuni bilingki, sizga bu maktubni ichimdagi oxirgi umid bilan yozyapman. Sizning farzandlaringiz dunyodagi eng baxtli bolalardir. Nega, bilasizmi? Chunki ularning sizdek otasi bor. Qaniydi, hamma otalar va ustozlar sizdek bo'lsa, lekin besh barmoq barobar emas, shunday emasmi?

