Asar hayotiy voqealar asosida yozilgan. Olis qishloqning ilmdan yiroq oilasida tugʻilgan Maryamning qismati asar boshlanishidayoq oʻquvchi eʼtiborini tortadi. Tugʻilgan chaqaloqning qizligidan goʻyo gʻururi poymol boʻlgan, unga ism qoʻyishni-da oʻziga munosib bilmagan ota farzandining kelajagini, orzularini, maqsadlarini oʻylaydimi?! Savollar koʻp, aslida. Lekin javobni kitobdan topamiz.

