Ushbu asar «23,5 burchak ostida» loyihasi doirasida ilk bora o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Asar Nobel mukofoti laureati, 24 yoshli pokistonlik Malala Yusufzoy tomonidan yozilgan bo‘lib, muallif bu asarda o‘z mamlakatidagi qizlar taʼlimiga nisbatan to‘sqinliklar, ayollar huquqining poymol bo‘lishi haqida yozadi. Bir qancha qiyinchiliklar tug‘ilishiga qaramay, ilm olish hamda o‘zining va boshqalarning huquqlarini himoya qilishdan chekinmagan. Malala ko‘plab yoshlarga o‘rnak bo‘ladi, degan umiddamiz.


