Qo‘llanmada sonlarning tarkibini o‘zlashtirishga yordam beruvchi xilma-xil topshiriqlar keltirilgan. Ularni bajarish jarayonida bolalarda misollarni ishlash ko‘nikmalari shakllanadi, mantiqiy fikrlash, diqqat va eslab qolish qobiliyati rivojlanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan bo'lib, maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘shimcha qo‘llanma sifatida ham, uyda mustaqil shug‘ullanish uchun ham foydalanish mumkin.

