Men maktabga boraman kitoblari ota-onalarning mustaqil tarzda bolalarini maktabga tayorlashda foydalanishlari uchun mo'ljallangan bo'lib, dars mashg'ulotlarini tuzishda katta yoshdagilarning yordami ko'zda tutilgan. Shuningdek, mavzular ilk savodxonlik saboqlarini olayotgan bolalarning fikrlash darajasi va qiziqishlarini inobatga olgan holda tayyorlanib, bo'limlarga ajratilgan.

