«Men juda jahldorman!» Nina Livensovaning bolalar uchun mo‘ljallangan kitob-bo‘lib, u bolaga g‘azab, jahldorlik va boshqa kuchli his-tuyg‘ularni tushunishga yordam beradi. Qisqa va bolalarga tushunarli hikoyalar orqali bola o‘z hislarini sezish, jahli nima sababdan chiqayotganini anglash va g‘azabni o‘ziga ham, atrofdagilarga ham zarar yetkazmasdan boshqarishni o‘rganadi.
Hikoyalarda bolalarga tanish bo‘lgan vaziyatlar tasvirlanadi: ishlar reja bo‘yicha ketmasligi, birinchi bo‘la olmaslik, xohlagan narsasini sotib ololmaslik, janjallar yoki yaqin insonlardan ayrilib turish kabi holatlar. Bunday voqealar orqali bola o‘zini qahramonlar o‘rniga qo‘yib, his-tuyg‘ularini yaxshiroq anglashni o‘rganadi.
Kitob ota-onalar bilan birgalikda o‘qish uchun ham juda qulay. U bolaga nima uchun jahli chiqishini, nizoli vaziyatlarda o‘zini qanday tutishni va kuchli his-tuyg‘ularni qanday boshqarishni tushuntirishga yordam beradi.
Kitob bolaga yordam beradi:

