«Men bilan o‘ynaysizmi, ona» kitobi yosh onalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, farzand tarbiyasi va rivojlanishida o‘yinning ahamiyatiga e’tibor qaratadi. Kitobda bolalar bilan birgalikda o‘ynash va vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda turli o‘yinlar berilgan. Ushbu mashg‘ulotlar bolaning tasavvurini boyitish, ijodkorligini rivojlantirish va yangi ko‘nikmalarni egallashiga yordam beradi.

