XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yashab, ijod qilgan Jek
London, asosan, Shimol haqida yozadi - uning xalqi, tabia-
ti, jonivorlari hayotini shu qadar jonli va tiniq tasvirlaydiki.
oʻquvchi qor yoki suv kechayotgan qahramon yonida turib
eti junjikadi. Mehnatsevarlik, qahramonlik, fidoyilik bilan bir
gatorda sadogat va muhabbat tuygulari ham tarannum eti-
ladi. Inson yashash uchun, toʻg'rirogi, yaxshi yashash uchun
kurashishi kerakligi va bu har bir odamning bosh maqsadi
bolishi lozimligi Jek Londonning barcha hikoyalarida o'z ak-
sini topadi.

