Hamma memlarni yaxshi ko‘radi. Agar ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklar tasmasini varaqlab, yangi memlarni qidirmasangiz, ularni messenjerlarda do‘stlaringiz va qarindoshlaringizdan olishingiz yoki hamkasblaringizdan eshitishingiz aniq. Siz memlar yaqinda, hayotimizga internet texnologiyalari kirib kelishi bilan paydo bo‘ldi deb o‘ylaysizmi? Agar memlar ilgari ham mavjud bo‘lganini va mutaxassislar memlar hamda ularning hayotimizga ta’sirini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan ilmiy bilim sohasi — memetika borligini bilib qolsangiz, nima deysiz? Ushbu kitob muallifi, jurnalist, memetika targ‘ibotchisi va Rossiyadagi eng yirik mem tadqiqotchisi Ivan Kuznetsov bu, bir qarashda, jiddiy bo‘lmagan mavzu haqida hamma narsani biladi. Ushbu kitobdan ma’lumotlar qanday qilib memga aylanishini, nima uchun memlar ongimiz ustidan bunday hokimiyatga ega ekanligini va nima uchun memetik olimlar orasida ateistlar ko‘pligini bilib oling. Siyosat poygasidan tortib firibgarlikkacha bo‘lgan turli sohalarda memlardan qanday foydalanilishini o‘qing. So‘nggi o‘n yilliklardagi eng g‘alati va g‘ayrioddiy memlarning kelib chiqish tarixini bilib oling. Va bu kitobni albatta do‘stingiz bilan baham ko‘ring, axir bu ham mem-ku!

