Memo CX07 RGB — mobil o'yinlar, striming va yuqori yuklama ostida ishlaydigan smartfon hamda planshetlarni samarali sovutish uchun mo'ljallangan zamonaviy qurilma. Kuchli Peltier sovutish texnologiyasi va yuqori tezlikdagi ventilyator yordamida qurilma haroratini tez pasaytiradi, natijada qizib ketish kamayadi va unumdorlik barqaror saqlanadi.
Sovutgich RGB LED yoritgich bilan jihozlangan bo'lib, o'yin jarayoniga zamonaviy ko'rinish bag'ishlaydi. MagSafe texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydigan iPhone modellari bilan magnit orqali bir zumda ulanadi.
MagSafe qo'llab-quvvatlamaydigan qurilmalar uchun ham yechim mavjud. Komplekt tarkibida maxsus qisqich (klipsa) mavjud bo'lib, u orqali Samsung, Xiaomi, Redmi, Poco, Huawei, Honor, Realme, Vivo, Oppo va boshqa deyarli barcha smartfonlarga oson o'rnatish mumkin.
Qurilma USB Type-C orqali quvvatlanadi, ixcham va yengil dizayni sababli foydalanishda qulay. O'yin o'ynash, video montaj qilish, jonli efir (stream), videoqo'ng'iroqlar va boshqa og'ir vazifalarda telefonning optimal haroratini saqlashga yordam beradi.
Kafolat: 6 oy rasmiy kafolat.
Bizdan xarid qilsangiz qanday ustunliklarga ega bo‘lasiz?
✅ 6 oy kafolat – shunchaki yozuv emas. Kafolat davomida mahsulotda ishlab chiqarish bilan bog‘liq nosozlik yuzaga kelsa, uni tekshirib, ta'mirlash yoki almashtirish xizmatini taqdim etamiz.
🎁 Sovg‘a – har bir Memo CX07 bilan birga Memo firmasiga tegishli 1 juft professional o‘yin qo‘lqopi mutlaqo bepul taqdim etiladi.
🧪 Sotuvdan oldin tekshiruv – har bir sovutgich jo‘natilishidan oldin ish faoliyati sinovdan o‘tkaziladi.
📦 Ishonchli qadoqlash – mahsulot maxsus himoyalangan holda qadoqlanib yuboriladi.
🤝 Sotuvdan keyingi qo‘llab-quvvatlash – mahsulot bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, doimo murojaat qilishingiz mumkin.
⚡ Muhim tavsiya
Memo CX07 RGB sovutgichining maksimal samaradorlikda ishlashi uchun 5V–3A (15–30W) yoki undan kuchli quvvat adapteridan foydalanish tavsiya etiladi. 5V–1A (5–10W) quvvat adapteri sovutgichning to'liq quvvatda ishlashi uchun yetarli emas. To'g'ri quvvat manbai qurilmaning barqaror va samarali sovutishini ta'minlaydi.

Ushbu surat Memo CX07 RGB sovutgichi ishlayotgan paytda olingan. Peltier sovutish elementi qisqa vaqt ichida muzlab, yuzasida muz qatlami hosil qilgan.
✅ Sun'iy emas — do'konimiz tomonidan olingan haqiiy foto. Har bir mahsulot sotuvga chiqarilishidan oldin amalda sinovdan o'tkaziladi.
🏭 To'g'ridan-to'g'ri Memo ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlik
Biz Memo ishlab chiqaruvchisi bilan bevosita hamkorlik qilamiz, shu sababli mahsulotlar doimiy ravishda yetkazib beriladi va ishlab chiqaruvchi komplektatsiyasida taqdim etiladi.
📦 Omborimizda Memo CX07 sovutgichlari muntazam mavjud bo'lib, buyurtmalarni tezkor jo'natishga tayyormiz.


