Tarvuz bodringi (tarvuz bodringi, g‘adir-budur melotriya, melothria scabra, tarvuz bodringi)
G‘adir-budur melotriya yoki Tarvuz bodringi - uzunligi 2 m gacha bo‘lgan liana. O‘simlik qovoqdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, Afrikadan kelib chiqqan.
Melotriya mevalari tashqi ko‘rinishidan kichik tarvuzlarga o‘xshaydi, lekin ta’mi bodringga juda o‘xshaydi, faqat po‘sti zichroq va nordonroq bo‘ladi. Ularni yangiligida iste’mol qilish mumkin, ammo marinadlanganlari eng mazalidir. Ushbu marinadlangan bodringlarni tatib ko‘rganlarning aytishicha, ular juda mazali ekan!
Xo‘sh, bu ajoyib bodringni qanday o‘stirish mumkin? Hammasi juda oddiy - oddiy bodringlar kabi harakat qilish kerak. Dastlab chigitni paxta disk yoki dokada bir necha kun ivitib qo‘yish, keyin issiqxonaga ekish, unib chiqib, baquvvat bo‘lgandan keyin doimiy joyga ko‘chirib ekish kerak. O‘simlik yaxshi yoritilgan joylarni, tuproq qurishi bilan sug‘orishni afzal ko‘radi. Umuman olganda, bu o‘simlik oddiy bodringga nisbatan unchalik injiq emas.
Melotriyani dekorativ maqsadlarda yetishtirish mumkin. U tez o‘sadi, barglari oddiy bodring barglaridan kichikroq va uzoq vaqt sarg‘aymaydi.
Unib chiqish bo‘yicha yo‘riqnoma:
Urug‘larni ikkita paxta diski orasiga joylashtiring (dokadan, qog‘oz sochiqdan foydalanish mumkin) va likopchaga qo‘ying, ustiga xona haroratidagi suv quying va polietilen paket bilan yoping. Likopchani 1-3 kunga issiq joyga qo‘ying. Urug‘lar bu vaqt ichida namlikni yaxshi shimib oladi. Shundan so‘ng yerga ekishga kirishing.
Urug‘larni ko‘chat uchun nam unumdor tuproq yuzasiga yoying. Urug‘larni ustiga ozroq tuproq (ko‘pi bilan 0,5 sm) bilan seping. Shuningdek, urug‘larni ko‘mmasdan tuproq yuzasiga yoyish ham mumkin, lekin bunda urug‘lar doimo nam bo‘lib turishiga e’tibor berish kerak. Tuvakda drenaj teshiklari va drenaj bo‘lishi kerak. Tuvakning ustini shaffof polietilen bilan yopib, har kuni 15 daqiqa shamollatib turing.
Tuvakni yaxshi yoritilgan joyga qo‘ying. Unib chiqish uchun eng maqbul harorat 20-28°C. Tuproqni nam holatda saqlang. ° Urug‘lar 7-14 kunda unib chiqadi. Ko‘chatlar unib chiqqandan so‘ng, tuvakdagi polietilenni olib tashlang. Yosh nihollarni kun bo‘yi to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri bilan yoritishga yo‘l qo‘ymang. O‘simlik katta bo‘lgach, uni ochiq yerga yoki kattaroq tuvakka ko‘chirib o‘tkazing.

