Ko‘p yillar muqaddam Nyu-York shtatidagi kichkina shaharchada uch o‘smir yashardi. Ikki ajralmas do‘st: biri boy oiladan, ikkinchisi mahalliy aroqxo‘rning o‘g‘li va sinfdagi eng chiroyli qiz. Bir kuni uchovlari velosipedda tog‘ga chiqishdi.
Va bu beg‘ubor sayr fojiali yakunlandi - qiz ko‘zidan ayrildi...
Oradan yillar o‘tdi. Bolalar ulg‘ayib, qiz ulardan biriga turmushga chiqadi. Lekin uchovini hamon bir savol qiynaydi: tog‘dagi qayg‘uli voqealarga nima sabab bo‘ldi ekan? Biror narsani o‘zgartirish mumkinmidi? Bo‘lgan voqeaga kim aybdor?
Uch hikoya. Voqealarning uchta versiyasi. Uchta har xil haqiqat!

