Shveytsariyalik taniqli adiba Melinda Naj Abonji qalamiga mansub ushbu asar bugungi kunning dolzarb muammolaridan bo‘lgan muhojirlik va migratsiya mavzulariga bag‘ishlangan. Asar Syurih Adliya va ichki ishlar departamenti, Shveysariyaning Pro Helvetia va Germaniyaning Robert Bosh jamg‘armalari grantlari bilan taqdirlangan va jahonning ko‘pgina tillariga tarjima qilingan.
Unda vengriyalik bir oilaning musofir yurtda chekkan mashaqqatlari qalamga olingan. Oila aʼzolari Shveysariyaga ko‘chib borib, u yerda yangi hayot boshlash yo‘lida katta qiyinchiliklarni boshidan kechiradilar, hayot qozonida qaynab, toblanadilar. Vatandan olisda yashab, yurt qadrining nechog‘li ekanini his etib, har qadamda vatan sog‘inchi bilan umr kechirgan bu oila aʼzolari qiyinchiliklarni mardonavor yengib, xalqiga, yurtiga, ona tiliga, urf-odat va anʼanalariga sodiq qolganlari muallif tomonidan mahorat bilan ochib beriladi va shu boisdan ham mazkur qissa katta qiziqish va hayajon bilan o‘qiladi.
Nemis tilidan Mirzaali Akbarov tarjimasi

