Ushbu zamonaviy mexanik qo‘l soati nafis dizayn, ishonchli mexanizm va kundalik qulaylikni birlashtiradi. Soat avtomatik (Avtopodzavod) mexanizm bilan jihozlangan bo‘lib, qo‘l harakati orqali quvvatlanadi va batareyani almashtirishni talab qilmaydi. Ochiq mexanizm (Open Heart) dizayni soatga o‘ziga xos va premium ko‘rinish beradi.
Mustahkam metall korpus va yumshoq kauchuk remishok uzoq muddat foydalanish uchun mo‘ljallangan. Elastik remishok bilakka qulay o‘rnashadi, sport va klassik uslub bilan ham uyg‘unlashadi. Kundalik foydalanish, ish, uchrashuv yoki sovg‘a sifatida ajoyib tanlov.
Eslatma: Soat mexanik mexanizm asosida ishlaydi. Eng yaxshi ishlashi uchun uni muntazam taqib yurish yoki ishlatishdan oldin bir necha marta tojini (zavodini) aylantirish tavsiya etiladi.

