MEGAFON AHM-142 100 Vt quvvatga ega ovoz kuchaytirgich bo‘lib, ochiq maydonlar va yopiq joylarda professional foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ommaviy tadbirlar, reklama e’lonlari, o‘quv muassasalari, bozorlar, omborlar va ogohlantirish tizimlari uchun juda mos.
Yuqori quvvati tufayli qurilma 600–1000 metr masofagacha tiniq va baland ovoz uzatadi, bu esa katta hududlarda axborot yetkazish uchun samarali hisoblanadi.
Ichki yozuv funksiyasi yordamida 300 soniyagacha ovozli xabarni yozib olib, uni qayta-qayta ijro etish mumkin. Qurilma USB fleshka, TF (microSD) karta hamda Bluetooth orqali musiqa va audio fayllarni ijro etishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Haraktirikasi

